Jamiyat | 09:50 / 26.04.2018
12398
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat haqida yolg‘on xabar bergan shaxsning o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shofirkon tuman IIBga, Guliston MFY, Undari qishlog‘ida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan, tuman pochta bo‘limida ishlaydigan B.Sh. murojaat qilib, noma'lum shaxs yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasida bo‘lgan temir seyf ichidan 500 AQSh dollari, uch juft bahosi 4.500.000 so‘m bo‘lgan tilla ziraklar, uch dona bahosi 3.300.000 so‘m bo‘lgan tilla uzugi va bir dona bahosi 400.000 so‘m bo‘lgan tilla ziragini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan, deb xabar qilmoqda Buxoro IIB.
  
Shofirkon tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida B.Sh. bila turib qasddan jinoyat haqida yolg‘on xabar berganligi aniqlangan va uning ko‘rsatmasiga asosan ishga aloqador bo‘lgan 200 AQSh dollari, bir dona sariq metalldan yasalgan nikoh uzugi va bir juft sariq metalldan yasalgan ziraklar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirgi kunda jinoyat haqida yolg‘on xabar berganligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni o‘zining uydirmalari bilan chalg‘itganligi uchun B.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid