Jahon | 15:24 / 27.04.2018
21896
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR yetakchisi Janubiy Koreya rahbari bilan raketalar mavzusida hazillashdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan hazillashib, endi uni raketa sinovlari bilan uyg‘otib yubormaslikka va'da berdi. Bu haqda jurnalist Jonatan Cheng tvitterdagi sahifasida yozdi.

Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, raketalarning erta uchirilishi Janubiy Koreya rahbarining uyqusiga xalaqit qilgan.

«Endi men sizni erta uyg‘otmaslikka harakat qilaman», - degan Kim Chen In.

Foto: AP

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreya bilan muzokaralar maqsadini aytgandi. Shimoliy Koreya rahbarining ma'lum qilishicha, u Janubiy Koreya hududiga mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatga barham berish maqsadida kelgan.  

 

Mavzuga oid