Jahon | 16:30 / 27.04.2018
12384
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya yetakchilari farovonlik daraxtini ekishdi

Foto: Reuters

KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Pxanmunjomda qarag‘ay daraxtini ekish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, davlat rahbarlari uch yillik Koreya urushi tugagan payt – 1953 yilda o‘sishni boshlagan qarag‘ayni ekishgan. Daraxt yonida «Tinchlik va farovonlikning ekilishi» yozuvli tosh o‘rnatildi. Daraxt uchun tuproq Janubiy Koreyaning Chedjudo orolidagi Xallasan tog‘idan va KXDRning Xitoy bilan chegarasidagi Pektusan vulqonidan olib kelindi. 

Kim Chen In daraxtga Seul orqali oqib o‘tuvchi Xangan daryosidan, Mun Chje In esa – Shimoliy Koreya hududidan o‘tuvchi Tedongan daryosidan olingan suvni quydi.

«Umid qilamanki, ekilgan qarag‘ay bizning munosabatlarimizni ham mustahkamlashga hissa qo‘shadi», - deya ma'lum qildi Kim Chen In.

Pxanmunjomda yetakchilar yakkama-yakka suhbatlashishgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya va KXDR yetakchilari birgalikda daraxt ekishlari xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid