Jamoaviy murojaatlar portalida do‘konlarni onlayn ijaraga berish tizimini joriy etish taklif qilindi
20 aprel kuni ishga tushirilgan Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portalida ilk onlayn murojaatlar paydo bo‘ldi. Mazkur veb-portal orqali davlat va jamiyat ahamiyatiga molik muhim masalalar yuzasidan qonunchilikka takliflarni elektron jamoaviy murojaat shaklida yuborish mumkin.
Murojaatlardan birida bozorlar hisobidagi do‘kon va rastalarni onlayn ijaraga berish va elektron hisobga olish tizimini joriy etish taklif qilingan.
Ko‘rsatilishicha, respublikaning barcha tuman va shaharlarida yangi bozorlar barpo etilmoqda. Ushbu yangi bozorlardagi savdo rastalarini ijaraga berish jarayonini korrupsiyani yo‘qotish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga o‘tkazish kerak.
Shuningdek, davlat tasarrufidagi bino-inshootlar yoki ulardagi xonalarni ijaraga berish jarayonlarini ham elektron shaklga o‘tkazish va savdo sohasidagi ijara munosabatlarini elektron hisobga olish tizimi orqali onlayn tarzda o‘tkazilishini ta'minlash taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida «Mening fikrim» maxsus veb-portali yaratilishi belgilangan edi.
Mavzuga oid
13:21 / 16.12.2024
Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
09:27 / 11.12.2024
Toshkentda noyabrda ijara narxlari biroz pasaydi
19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
10:27 / 14.11.2024