Jahon | 07:43 / 27.04.2018
20214
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya yetakchilari uchrashishdi

Shimoliy Koreya yetakchisi boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazgani chegaradagi muzokaralar punkti Pxanmunjomga yetib keldi. 

“Biz bu yerga tinchlik va farovonlik yo‘lida yangi tarix boshlanishi hissi bilan keldik”, deb aytgan Kim Chen In janublik hamkasbi Mun Chje In bilan uchrashuv vaqtida.

Koreyalararo sammit oldidan Kim Chem In harbiy-demarkatsion chiziqni anglatuvchi ramziy beton to‘siq ustidan o‘tib, janublik hamkasbi bilan so‘rashdi. So‘ngra ikki yetakchi to‘siqning u tomoni – Shimol tomonga o‘tishgan. Bir daqiqadan keyin ikkilari ham yana janub tomonga o‘tib, qizil gilam bo‘ylab faxriy qorovul yonidan sammit o‘tadigan “Tinchlik uyi” tomon yo‘l olishgan.

Foto: Reuters

Janubiy Koreya prezidenti shimollik hamkasbi harbiy-demarkatsion chiziqni kesib o‘tgandan keyin Pxanmunjomni tinchlik ramzi deb atadi.

“Bizning rais Kim tarixda ilk bor harbiy-demarkatsion chiziqni kesib o‘tdi va ayni vaqtda Pxanmunjom ajralish emas, tinchlik ramziga aylandi”, deb aytgan Mun Chje In.

Foto: Reuters

Kim Chen In “Tinchlik uyi”dagi mehmonlar kitobida “Endi yangi tarix, tinchlik davri tarixidagi boshlang‘ich nuqtada, Kim Chen In”, degan yozuv qoldirgan.

Ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralar boshlab yuborildi. Ular kun mobaynida Shimol va Janub munosabatlarini yaxshilash, tinchlik va birlashish istiqbollarini muhokama qilishadi.

Mavzuga oid