AQSh Koreya yarim orolidagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishi mumkin
Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, AQSh ittifoqchilar va Shimoliy Koreya bilan Koreya yarim orolidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish masalasini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bu ittifoqchilarimiz bilan muzokaralar davomida biz muhokama qiladigan masalalarning bir qismi bo‘ladi. Bu narsa, birinchi navbatda, Shimoliy Koreya bilan amalga oshiriladi», - deya aytib o‘tdi Mettis.
Uning shuningdek ta'kidlashicha, ayni damda «dastlabki shartlarni taklif qilish yoki bu qanday yuz berishi bo‘yicha turli taxminlar bildirish kerak emas».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Janubiy Koreya rahbari bilan raketalar mavzusida hazillashgandi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024