O‘zbekiston | 17:37 / 30.04.2018
38355
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an o‘zbek xalq maqollaridan misol keltirdi 

Foto: O'zbekiston24

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zbek xalq maqollaridan misol keltirdi. 

«Bir kishi ariq ochadi, ming kishi o‘sha yerdan suv ichadi, degan maqol bor. Shavkat Mirziyoyev bilan bugungi uchrashuvimiz va erishilgan kelishuvlar o‘sha ariqqa o‘xshaydi. Sababi u millionlab fuqarolarimizga ijobiy natijalar olib kelishi kerak.  

Zero, O‘zbekiston hozir qo‘shnilar bilan o‘z munosabatlarini juda chiroyli darajaga olib chiqdi. Bu bilan esa Markaziy Osiyoni tinchlik mintaqasiga aylantirdi. Turkiya Respublikasi O‘zbekiston bilan munosabatlarini bundan keyin ham yanada rivojlantirib boradi», - dedi Erdo‘g‘an. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yigirmadan ortiq hujjat imzolangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid