O‘zbekiston | 17:01 / 30.04.2018
24155
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev: «Ota yurtingiz – O‘zbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq»

Foto: O'zbekiston 24

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ommaviy axborot vositalari vakillari bilan brifing o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Biz Turkiya Respublikasiga ulkan siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro maydonda obro‘-e'tibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz. Ota yurtingiz – O‘zbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokaralar o‘zaro anglashuv, manfaatdorlik va ishonch asosida o‘tganini, Turkiya va O‘zbekiston hamkorligi yanada mustahkamlanib, strategik darajaga ko‘tarilganini ta'kidladi. Ko‘lami va ahamiyati katta bo‘lgan kelishuvlarga erishilganidan, ertaga Buxorodagi muborak qadamjolarni ziyorat qilajagidan baxtiyor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid