Pashinyan hukmron partiyani ayblab chiqdi
Armaniston muxolifati yetakchisi Nikol Pashinyanning ma'lum qilishicha, hukmron Armaniston Respublika partiyasi mamlakat bosh vaziri saylovlarini o‘tkazmaslik bo‘yicha urinishlarni amalga oshiryapti. Bu haqda siyosatchi feysbukdagi o‘z sahifasida tashkil etilgan jonli efirda aytib o‘tgan.
«Yaxshi bilasizki, respublikachilar avvalroq xalqdan nomzod saylanishiga xalaqit bermaslik niyatida ekanliklarini ma'lum qilishgandi va bu bayonotlar yaqinda ular bilan o‘tkazgan uchrashuvimda ham berildi. Biroq, biz shunday ma'lumotga egamizki, unga ko‘ra Serj Sargsyan boshchiligidagi respublikachilar tungi majlislardan birida Milliy yig‘ilishga ovoz berish vaqtida xalqdan nomzod saylanishiga xalaqit berishni mo‘ljallashayotgani oshkor bo‘ldi», - deya Pashinyanning so‘zlarini keltiradi RIA «Novosti».
Muxolifat yetakchisi o‘z tarafdorlariga 1 may kuni ertalab Respublika maydonida to‘planishni taklif qilgan. Shuningdek, bugun Armaniston bosh vaziri saylovlari ham bo‘lib o‘tishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda bosh vazir saylovlari o‘tkazilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024