O‘zbekiston | 17:14 / 01.05.2018
44886
2 daqiqa o‘qiladi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga davlat tashrifi samarali va mazmunli bo‘ldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
 
Davlat rahbarlarining Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan muzokaralari natijasida 25ta hujjat imzolandi. Ekspomarkazda ikki mamlakat ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi. Buxoro ziyorati uchrashuvlarga qo‘shimcha mazmun baxsh etdi.

Shuning bilan Turkiya prezidentining mamlakatga tashrifi nihoyasiga yetdi.
 
Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni Buxoro xalqaro aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya davlati rahbari endi Seulga parvoz qilib, u yerda 2 may kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan birga-bir va kengaytirilgan shaklda uchrashuvlar o‘tkazadi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi, Oliy Majlisdagi chiqishi, O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi, ikki tomonlama erishilgan kelishuvlar va Turkiya davlat rahbarining tashrifiga doir barcha xabarlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Barcha yangiliklar 👉 https://kun.uz/news/time/uzbekiston-turkia-munosabatlari

Mavzuga oid