Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston turkiyalik investorlarni qanday jalb etishi mumkinligini aytdi
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi ham o‘tkazildi. Biznes forumda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qatnashdi va so‘zga chiqdilar.
«Bugun O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Bizning mamlakatimiz xorijiy biznes, ayniqsa turkiyalik do‘st va hamkorlarimizda qaysi tomondan qiziqish uyg‘otishi mumkin, degan savol hammani qiynaydi.
Birinchidan, O‘zbekiston boy tabiiy va mineral xom-ashyo resurslariga ega bo‘lgan davlatdir. Endi O‘zbekistonning xom-ashyo resurslaridan birgalikda, hamkor bo‘lib foydalanishimiz vaqti keldi.
Ikkinchidan, biz Turkiya va boshqa qator davlatlar fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun kirish vizalarini bekor qilish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qildik. Bu qaror turkiyalik hamkorlar bilan investitsiya, savdo-sotiq hamda turizm sohalaridagi aloqalarimizni yanada faollashtirishiga ishonaman.
Uchinchidan, O‘zbekiston hukumati tomonidan sizlarning sarmoyalaringizni rag‘batlantirish va to‘liq himoya qilish maqsadida zarur me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivojiga g‘ov bo‘lib turgan ko‘plab to‘siqlar olib tashlandi. Turkiyalik ishbilarmonlarning mamlakatimizda samarali faoliyat yuritishi uchun oramizda bo‘lgan ba'zi bir tushunmovchilik va ishonchsizlik kayfiyatiga barham berish maqsadida birodarim Erdo‘g‘an janobi oliylari bilan bir yarim yil davomida ko‘p ish qildik va bu jarayonlarni yana davom ettiramiz.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha eng qulay sharoit yaratish uchun qat'iy va ishchil qadamlar qo‘yilmoqda. Jumladan, xorijiy investorlar daromadlarini qaytarib olib chiqish uchun barcha to‘siqlar bartaraf qilindi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yigirmadan ortiq hujjat imzolangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024