Jahon | 11:42 / 01.05.2018
15968
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi uchun joy topdi

Foto: Getty Images

Koreya Respublikasi rahbari Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen Inni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvni har ikki Koreya o‘rtasidagi Pxanmunjom qurolsizlantirilgan hududda o‘tkazish lozimligiga ishontira oldi. Bu haqda CNN manbaga asosan xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen Inga Pxanmunjomga yetib borish oson ekani, ushbu joyda tadbirni yoritish uchun barcha texnik jihatlar tayyorlangani ishontirish vositalariga aylangan. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, agarda sammit qurolsizlantirilgan hududda bo‘lib o‘tsa, unda tadbirlarning bir qismi Shimoliy Koreya tomonida ham o‘tkazilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid