Light | 20:27 / 02.05.2018
52535
2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi qon guruhiga ega kishilarda jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumish xavfi yuqori?

Foto: Avitsenna.uz

Birinchi qon guruhiga ega kishilarda og‘ir jarohat natijasida hayotdan ko‘z yumish xavfi boshqa qon guruhiga ega kishilarga nisbatan deyarli uch baravar yuqori ekan. Tokio tibbiyot va stomatologiya universiteti shifoxonasi olimlari 901 nafar tez yordam bemorining ma'lumotlarini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Critical Care jurnalida taqdim etildi.

Ma'lum bo‘lishicha, og‘ir jarohat olgan bemorlar orasida birinchi qon guruhiga ega kishilarning hayotdan ko‘z yumish xavfi 28 foizga teng ekan. Boshqa guruhlarda esa bu ko‘rsatkich 11 foizga teng.

Tadqiqot mualliflaridan biri doktor Vataru Takayamuning so‘zlariga ko‘ra, qon guruhi va jarohatlar natijasidagi o‘lim holatlarining o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikka oid ishlar juda kam bo‘lgan. Bundan avval olimlar birinchi qon guruhiga ega kishilarda qon ivishi jarayoni yomon kechishi tufayli qon yo‘qotish xavfi yuqori ekanini aniqlashning uddasidan chiqishgandi. Bu ushbu qon guruhiga ega kishilarda  Villebrand foni (qon plazmasi glikoproteini) omilining pastligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Yangi tadqiqot mualliflari aynan shu sababli birinchi qon guruhiga ega kishilarda o‘lim xavfi yuqori ekanini taxmin qilishmoqda.

"Bizning tadqiqotimiz shuningdek og‘ir jarohat olgan birinchi qon guruhi eritrotsitlarini shoshilinch quyish gomeostaz (qon ketishini to‘xtatuvchi jarayon)ga qanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi va boshqa qon guruhidagilarga nisbatan qandaydir farq bor yoki yo‘qligiga oid savolni ham yuzaga keltiradi", - deydi Takayama. 

Shuningdek u og‘ir jarohat olgan bemorlarni davolash uchun mukammal strategiyani rivojlantirish uchun bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirish zaruratini qayd etdi.

Mavzuga oid