Pashinyan Armanistondagi yo‘llarni ochishga chaqirdi
Armanistonning muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan o‘z tarafdorlarini Toshkent vaqti bilan soat 18:00da mamlakatdagi barcha yo‘llarni ochishga chaqirdi. Bu namoyishchilar kechki mitingga kelishi uchun qilinishi kerak.
"Men barcha yo‘llarni ochishga chaqiraman, bu odamlar mitingga (Toshkent vaqti bilan soat 20:00 – tah.) kelishi uchun qilinishi lozim", - deya aytib o‘tdi Pashinyan Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatda.
Uning ta'kidlashicha, chorshanba kungi norozilik aksiyasi avval hech qachon kuzatilmagandi. "Armanistonda bugun deyarli bitta ham ochiq yo‘l qolmadi", - deya aytib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistondagi namoyishlar yetakchisi Nikol Pashinyanning tarafdorlari Yerevan aeroportiga yo‘llarni to‘sib qo‘yishgani xabar berilgandi. Armaniston Mudofaa vazirligi Yerevan va viloyatlar aholisini harbiy transport harakatlanishiga xalaqit bermaslikka chaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, aeroportga yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Yerevandagi yo‘l harakati butunlay falaj ahvolda – ko‘chalar, metro, temir yo‘li to‘sib qo‘yildi. Ko‘plab kichik tumanlar va ko‘chalar ham yopib qo‘yildi. Gyumridagi ko‘chalar, Armaniston Ta'lim va madaniyat vazirligi binosi to‘sib qo‘yildi.
Mavzuga oid
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024