Po‘lat Bobojonov Sulaymon So‘ylu bilan muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Respublikasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ikki davlat ichki ishlar vazirlari uchrashdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
2018 yilning 29 aprelidan 1 mayiga qadar Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, ikki mamlakat ichki ishlar vazirlari tomonidan bir qator xalqaro shartnomalar imzolandi.
Ular - “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish to‘g‘risida Bitim”, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Protokol”.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Turkiya Respublikasi ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
Unda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, terrorizm va turli xil xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, bu kabi jinoyatlarni oldini olishda o‘zaro hamkorlik muhimligi bildirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, hamkorlik salohiyatini yanada yuqoriga ko‘tarish maqsadida, O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzish masalasini muhokama qilishdi.
Muhokama yakunlaridan keyin, Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024