Kimlar Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishi mumkin?
Prezidentning 2003 yil 26 fevraldagi farmoni bilan barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati tasdiqlangan, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” telegram-kanali.
Buning uchun Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi nizomga asosan sog‘liqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan tegishli yo‘llanma (order) olinishi lozim.
Orderlar sog‘liqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi vrach-tanlash komissiyasining xulosasi asosida beriladi.
Komissiya faqat quyidagi tibbiy hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda bemorlarning imtiyozli toifasini bepul davolashga orderlar berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi:
tibbiy yordam berishning birlamchi muassasasining yo‘llanmasi asosida viloyat (respublika, shahar) davolash-profilaktika muassasasi tomonidan berilgan mazkur bemorning Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazida davolanishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa;
bemorning ahvoli to‘g‘risidagi tibbiy xulosa (bemorning F.I.O., tashxis, bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda olingan laboratoriya va instrumental tekshirish natijalari);
imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat (pensiya daftarchasi, nogiron guvohnomasi, o‘zini o‘zi boshqarish organining ma'lumotnomasi).
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024