O‘zbekiston | 13:33 / 07.05.2018
11813
1 daqiqa o‘qiladi

Nukus ko‘chasiga Berdaq haykali o‘rnatilmoqda

Poytaxtda Shimoliy vokzal qarshisidagi Toshkent gerbini ko‘tarib turgan qo‘l shaklidagi yodgorlik olib tashlandi. Uning postamentiga «Toshkentimizni yovuz kuchlardan, yomon ko‘zlardan asrasin» yozuvi bor edi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz.

Foto: Gazeta.uz

1996 yilga qadar uning joyida 1962 yilda o‘rnatilgan Dmitriy Ryabichevning 14 Turkiston komissari haykali bo‘lgan.

Poytaxt hokimiyatidan xabar qilinishicha, Nukus va Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasida qoraqalpoq shoiri Berdaq haykali o‘rnatilib, uning nomidagi xiyobon barpo etiladi.

Ayni paytda bu yerda piyodalar yo‘lagi rekonstruksiya qilinib, favvoralar yangidan jihozlanmoqda. Berdaq yodgorligi hozirda talabalar shaharchasidagi sobiq Nukus kinoteatri yaqinida joylashgan.

Foto: Gazeta.uz
Foto: Gazeta.uz

 

Mavzuga oid