Iqtisodiyot | 13:09 / 07.05.2018
15153
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi 2017 yil oktabridan beri birinchi marta 8060 so‘mdan pastga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 8 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8,96 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8059 so‘mu 24 tiyinga teng bo‘lib turibdi. 

Yevro kursi 146,26 so‘mga tushib, 9638,85 so‘mni tashkil qilgan.

1 Rossiya rubli kursi 0,98 so‘mga arzonlashib, 128,73 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi 11 hafta ichida birinchi marta ko‘tarilgandi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

 

Mavzuga oid