Sport | 17:50 / 09.05.2018
14664
1 daqiqa o‘qiladi

Marseloni urgan Serxi Roberto qattiq jazolandi

Foto: Reuters

«Barselona» yarimhimoyachisi Serxi Roberto «Real»ga (2:2) qarshi o‘yinda Marseloning yuziga urgani uchun La Liga intizom qo‘mitasi tomonidan qattiq jazolandi.

Sport.es xabariga ko‘ra, futbolchi Ispaniya chempionatining 4ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi. Ammo «Barselona» bu qaror yuzasidan 10 kun ichida shikoyat yo‘llashi mumkin.

Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida 30ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.

Mavzuga oid