Sport | 09:06 / 09.05.2018
6108
1 daqiqa o‘qiladi

Motokross bo‘yicha jahon chempioni kuchuk bolani qutqarish vaqtida cho‘kib ketdi  

Foto: mxphotos

Motokross bo‘yicha 5 karra jahon chempioni Erik Gebors Belgiyadagi rekratsion suv havzasida jonsiz holda topildi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, poygachini qutqaruvchilar topishgan. Gebors 6 may kuni rafiqasiga sovg‘a qilgan siba-inu zotidagi kuchuk bolani qutqarish uchun qayiqdan muzdek suvga otilgandan keyin bedarak yo‘qolgan. Sportchining do‘stlari uni qutqarishga tashlanishgan, biroq suv juda muzdek bo‘lgani sababli qayiqqa qaytishgan.

55 yoshli Gebors 3 ta: 125, 250 va 500 kub santimetrli dvigatellar sinfida chempion bo‘lgan tarixdagi yagona motokrosschi hisoblanadi. U 1988 yilda yil sportchisi deb topilgan va sport xizmatlari uchun milliy unvonga sazovor bo‘lgan.

Mavzuga oid