Jamiyat | 17:38 / 09.05.2018
17297
2 daqiqa o‘qiladi

Nanayga olib boruvchi yo‘lda joylashgan post olib tashlandi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lda joylashgan post olib tashlandi. Bu haqda Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligining Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi davomida Norin tuman hokimligida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida mazkur masala ko‘tarilgan edi.

Qayd etilishicha, videoselektorni ertasigayoq hududda ishlar qizg‘in tus oldi. Nanay yo‘lida joylashgan post olib tashlandi. Dam olish maskanlari va oromgohlarning holati mutasaddilar tomonidan ko‘zdan kechirilib, bajariladigan ishlar ko‘lami belgilandi.

Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi

— Nanayliklar davlat rahbarining tashabbusidan juda mamnun desam hech narsa aytmagan bo‘laman, — deydi Sohibkor MFY raisi Husniddin Abdullayev. — Nanay tarkibiga bugungi kunda 7 qishloq, 12 ta mahalla kiradi. Salkam 30 ming aholisi bor. Post olib tashlanganidan so‘ng huvillab qolgan bozorimiz ham jonlandi. Ushbu xayrli ishlar yozgi mavsum oldidan amalga oshirilayotgani ayni muddao bo‘ldi, chunki bu yerda dam olgani nafaqat vodiy yoki respublikaning boshqa hududlari, hatto qo‘shni davlatlardan ham mehmonlar keladi.

 

Mavzuga oid