Suv xo‘jaligi vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyevga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. KUN.UZ’ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 8 may kuni tegishli qarorlarni imzolagan.
Xususan, prezident qarori bilan Bahodir Qo‘chqorovich Ro‘ziboyev O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, tegishli qaror bilan Ravshan Aminaddinovich Mamutov O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkiga ajratilib, vazirlik o‘rnida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilgandi. Suv xo‘jaligi vazirligiga sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida vazirning suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Shavkat Hamroyev vazir etib tayinlangan.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024