O‘zbekiston | 23:06 / 09.05.2018
29012
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligiga atab mushakbozlik bo‘lib o‘tdi

9 may — Xotira va Qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy bog‘ining «Navro‘z» maydonidan bayram salyuti otildi.

Bayramga bag‘ishlab “Navro‘z” maydonida o‘rnatilgan to‘plar va salyut qurilmalari uchun maxsus o‘t ochish pozitsiyalardan jami 42 ta salyut otilgan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq poytaxtda mazkur mushakbozlik o‘tkazilishi munosabati bilan soat 19:30 dan 22:00 gacha ayrim ko‘chalarda avtotransportlar harakati cheklanishi haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid