Jahon | 16:00 / 10.05.2018
16239
1 daqiqa o‘qiladi

Pashinyan politsiya boshlig‘i va Milliy xavfsizlik xizmati rahbarini ishdan olishga qaror qildi

Foto: TASS

Armanistonning yangi bosh vaziri Nikol Pashinyan respublika prezidenti Armen Sarkisyanga politsiya boshlig‘i Vladimir Gasparyan va Milliy xavfsizlik xizmati direktori Georgiy Kutoyanni lavozimidan ozod etishni taklif qilgan.

«Men hozirgina respublika prezidentiga Gasparyan va Kutoyanni lavozimdan ozod etish bo‘yicha taklifimni imzoladim», - deya yozgan Pashinyan feysbukdagi sahifasida.

37 yoshli Kutoyan Armaniston MXX direktori sifatida 2016 yilning 12 fevralidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi. U muqaddam Armaniston sobiq prezidenti Serj Sarsyanga huquq masalalari bo‘yicha yordamchilik qilgan.

60 yoshli Gasparyan 2011 yilda Armaniston politsiyasiga boshliq etib tayinlangandi.

Aprel oyida Sargsyan hukumatiga qarshi norozilik namoyishlariga boshchilik qilgan muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan 8 may kuni Armaniston bosh vaziri etib saylandi.

Mavzuga oid