Jahon | 09:00 / 11.05.2018
5364
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar suvo‘tlardan 30 dan ko‘proq turdagi mahsulot olishni taklif qilishmoqda

Foto: Fotolia / euthymia

Rossiyaning Kamchatka davlat texnika universiteti mutaxassislari dengiz suvo‘tlaridan tayyorlangan 30 dan ko‘proq turdagi mahsulotni taqdim qilishdi.

“Bu mahsulotlar suvo‘tlarning birlamchi qayta ishlanishi hosilalari (quruq laminariya, un, mikronlashtirilgan kukun, gel), oziq-ovqat mahsulotlari (non-bulka, makaron va qandolat mahsulotlari, chipslar, sublimlashtirilgan sho‘rvalar, rollar, sharbatlar va kokteyllar), farmatsevtik vositalar va kosmetika tovarlari”, deb aytilgan xabarda.

Kamchatka rahbariyati yarimorol sohillari yaqinida deyarli qayta ishlanmaydigan suvo‘tlarning katta zaxiralari mavjudligini hisobga olib, universitet vakillarining ushbu innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashgan. 

“Borgan sari ko‘proq odamlar to‘g‘ri ovqatlanish haqida qayg‘urayotganlarini hisobga olib aytishim mumkinki, ushbu loyihaning kelajagi bor. Boz ustiga ishlab chiqarish uchun asosni Kamchatka tabiati bermoqda”, deb aytgan Kamchatka gubernatorining birinchi o‘rinbosari Irina Untilova.

Untilova olimlarni Kamchatka tadbirkorlari uchun o‘z mahsulotlarining kengaytirilgan taqdimotini tashkillashtirishga chorlagan va ko‘plab tadbirkorlar ushbu ishlab chiqarishga qiziqish bildirishlari mumkinligini ta'kidlab o‘tgan. 

Mavzuga oid