Jahon | 21:37 / 13.05.2018
35719
2 daqiqa o‘qiladi

Odamlar mendan boshqa qo‘rqmaydilar: yuzida katta o‘simtasi bo‘lgan ayol shifo topdi 

Kamerunda yashovchi Yaya  ismli 27 yoshli ayolning yuzida 8 yil davomida o‘simta rivojlanib borgan. O‘simta ayolning og‘zi ichida iyagi va yuzining chap tomoniga o‘sib ketgan. Ayol ko‘p yillik azoblardan keyin shifokorlar yordamida o‘simtadan forig‘ bo‘ldi. Ayol o‘simta sababli bazo‘r gapirgan va ovqatlangan.

Foto: SWNS

Yaya tashqi qiyofasidan shunchalik uyalardiki, deyarli uydan chiqmasdi va yuzini ro‘mol bilan to‘sib yurardi. Biroq Mercy Ships xayriya tashkiloti tufayli uning barcha azoblari ortda qoldi. Ayol daryoda suzib yuruvchi gospitalda jarrohlik amaliyotidan o‘tgan.

Foto: SWNS

“Amaliyotdan keyin men o‘zimni chiroyli va baxtli his qilmoqdaman. Men endi bemalol qayerda istasam shu yerda yuraveraman. Odamlar boshqa mendan qo‘rqmaydilar”, deb aytgan ayol.

Foto: SWNS

Ta'kidlanishicha, o‘simta 8 yil ichida ulkan o‘lchamlarga yetgan. 8 yoshli qizni tarbiyalayotgan Yayaning shu vaqt davomida davolanishga imkoni bo‘lmagan. Baxtli tasodif, Yayaning uyi yaqinida Mercy Ships kema-gospitali to‘xtagan.

Mavzuga oid