AQSh elchixonasi Bobomurod Abdullayev bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi jurnalist Bobomurod Abdullayevning ozod qilinishi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari yetti oylik sud jarayonidan so‘ng, 7 may kuni jurnalist Bobomurod Abdullayevni ozod etilganini olqishlaydi. Biz sud mulozimlarini ochiq va shaffof o‘tkazilgan, O‘zbekiston sud tartib-qoidalariga asoslangan sud jarayoni bilan qutlaymiz.
Sud qarorida tergovchilar tomonidan “ko‘plab protsessual qonunbuzarliklar” sodir etilgani ham qayd etilgan. Kelgusida bunday ishlar takrorlanmasligi uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatini bu qonunbuzarliklarni ko‘rib chiqib, tegishli choralar ko‘rishga undaydi.
Barcha sudlanuvchilarning oqlanishiga oid bu qaror demokratik jamiyatda so‘z erkinligi nechog‘li muhim ahamiyat kasb etishini yana bir karra tasdiqlaydi”, - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sudlanuvchilar Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar ishi bo‘yicha sud majlisi tugagandi. Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar sud majlisidan ozodlikka chiqarildi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024