«Eski juva»da reyd: toshbaqalar sotuvining oldi olindi
Joriy yilning 13 may kuni Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha hududiy inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan «Eski juva» bozorida olib borilgan tezkor reyd tadbiri davrida toshbaqa, bulbul va tipratikonlarni savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, «Eski juva» bozorida olib borilgan reyd tadbirida fuqarolar E.R.Pirmetov, A.B.Qurbonov, A.A.Axmedov yovvoyi holdagi jami 21 ta toshbaqa, 7 ta bulbul va 1ta tipratikon savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanayotgani aniqlangan.
Undan tashqari, Toshkent shahrida joylashgan «Yangiobod» ixtisoslashtirilgan bozorida olib borilgan tezkor reyd tadbiri davrida yovvoyi holdagi jami 15 ta toshbaqa, 9 ta tipratikon, 1 ta kolvor ilon, va 4 ta chumchiqsimonlar oilasiga mansub qushlar bilan noqonuniy ravishda savdo qilish holatlari aniqlanib, barcha olib qo‘yilgan yovvoyi hayvonlar o‘rnatilgan tartib asosida tabiatga qo‘yib yuborilgan.
«Hozirgi kunda hududlardagi mavjud bozorlarda, aholi punktlarida noqonuniy tarzda yovvoyi turdagi qush, hayvonlarni sotilmasligi yuzasidan doimiy tarzda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda», deydi qo‘mita mas'ul xodimi.
Xabarda aytilishicha, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
08:14 / 20.12.2024