Britaniyalik tergovchilarda Skripalga savollar paydo bo‘ldi
Buyuk Britaniyada huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kasalxonada qolayotgan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni so‘roq qilishmoqda. U o‘z qizi Yuliya bilan Solsberida zaharlangan edi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, tergovchilarni Skripalning Londonga tez-tez borib turishi, Solsberida MI6 Britaniya maxsus xizmati sobiq xodimi bilan muntazam uchrashuvlari va xorijiy davlatlarga safarlari qiziqtirmoqda.
Avvalroq, Skripal Estoniya maxsus xizmatlari vakillari bilan uchrashgani ma'lum bo‘lgandi. Bundan tashqari, u Chexiyaga maxfiy tarzda safar uyushtirgan, shuningdek, Birlashgan Qirollik hududida chex maxsus xizmatlari vakillari bilan kamida bir marotaba uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Skripal fuqarolikdan bosh tortmagani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024