O‘zbekiston | 23:37 / 18.05.2018
24555
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda gaz balloni ichida tamaki mahsulotlari olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shasxlarga 10 qutigacha bo‘lgan tamaki mahsulotlarini yurtimizga bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo bu galgi “qahramonlar”ni ushbu me'yorlar qoniqtirmagan ko‘rinadi.

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tamaki mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda respublikamizga olib kirilishining oldini olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

“Navoiy” chegara-bojxona posti orqali kirib kelgan, qo‘shni davlat fuqarolari J.R. va K.B yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilmasdan turib, ularning har biri 500 qutidan jami 1000 quti tamaki mahsulotini olib kirayotgan paytda to‘xtatib qolindi. Qo‘shni davlat aksiz markalari bilan markalangan mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 15 mln. so‘mni tashkil qildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

“Bekobod avto” chegara-bojxona postida esa qonunbuzarlar tamaki mahsulotlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishning antiqa usulini qo‘llashdi. Fuqaro J.Sh. qiymati 10 mln. 400 ming so‘mlik sigaretlarni olib o‘tish uchun o‘zi boshqaruvidagi “Lasetti”ning gaz balloni bahridan o‘tib qo‘ya qoldi. Ya'ni, bojxona xodimlarining chalg‘itish maqsadida 7 turdagi 520 quti tamaki mahsulotlarini gaz ballonini teshib, uning ichiga yashirgancha respublikamizga olib kirmoqchi bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid