Sport | 01:11 / 20.05.2018
11657
2 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» dramatik o‘yinda Germaniya Kubogini boy berdi

Germaniyada mamlakat kubogi finali o‘tkazildi.

Berlinda «Bavariya» va «Ayntraxt» klublari bellashdi. 11-daqiqada Rebich «Ayntraxt»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 2-bo‘lim boshida Levandovski javob to‘pini darvozaga yo‘lladi.

82-daqiqada Rebich himoyachilar xatosidan foydalanib, yana bir gol urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda, myunxenliklarning hatto posboni ham hujumga o‘tib ketganidan foydalangan Gachinovich bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilib, yakuniy hisobning 1:3 bo‘lishini ta'minladi.

Bu Yupp Haynkes uchun «Bavariya»dagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, uning o‘rnini aynan «Ayntraxt» bosh murabbiyi Niko Kovach egallaydi.

Germaniya Kubogi, Final
Bavariya – Ayntraxt F 1:3 (0:1, 1:2)
19 may, «Olimpiyashtadion» 

Gollar: 0:1 – 11 Rebich, 1:1 – 53 Levandovski, 1:2 – 82 Rebich, 1:3 – 90+6 Gachinovich. 
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Martines, Alkantara (Tolisso, 64), Kimmix, Xames, Riberi (Vagner, 87), Myuller (Koman, 70), Levandovski.
Ayntraxt F – Gradetski, Abraam, Villems, da Koshta, Salsedo, Maskarel, de Guzman (Russ, 74), Volf (Gachinovich, 60), Boateng, Rebich (Aller, 89), Xasebe.
Ogohlantirishlar: Salsedo (7), Levandovski (37), Xasebe (45), Villems (45), Rebich (82), Koman (86).

Mavzuga oid