Jahon | 08:00 / 20.05.2018
16032
2 daqiqa o‘qiladi

Berluskoniga kotibasi katta meros qoldirdi

Foto: Gregorio Borgia / AP Photo

Silvio Berluskoni Italiya Vazirlar kengashidagi sobiq kotibasidan 3 million yevro miqdorida meros oldi. Bu haqda La Stampa gazetasi xabar tarqatgan.

Yolg‘iz yashagan Anna Ch. 20 kun muqaddam 88 yoshida vafot etgan, u o‘limi oldidan advokatiga Berluskoni uchun «birgalikdagi hamkorlik uchun minnatdorchilik sifatida» meros qoldirishini aytgan. Nashrning qayd etishicha, marhuma katta bo‘lmagan 3ta ko‘chmas mulkka egalik qilgan, ikkita bank hisob raqami bo‘lgan, «yaxshigina pensiya» olgan.

13 yanvar kuni Berluskoni o‘zi 31 yil davomida egalik qilgan «Milan» klubini sotishda pul yuvganlikda ayblangandi. Nashrning yozishicha, klub uchun qo‘yilgan 740 million yevro miqdoridagi narx shubhalar keltirib chiqargan.

Berluskoni 1994-1995, 2001-2006 va 2008-2011 yillarda Italiya bosh vaziri bo‘lgan. 2010 yilda unga nisbatan «Rubi ishi» boshlangan, unga ko‘ra bosh vazir voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilishda ayblangan. 2015 yilda sud Berluskonini oqlagan, ammo u bosh vazirlik lavozimiga qayta olmagan.

Siyosiy faoliyati davomida Berluskoniga nisbatan 80ga yaqin ish ochilgan, u 2,5 ming martadan ortiq sud eshituvlarida qatnashgan. Ushbu siyosatchi korrupsiyada, mafiya bilan aloqalarda ayblangan, seksual mojarolar markazida qolgan. U aksar hollarda apellyatsion sudlarda g‘olib chiqqan yoki unga nisbatan ochilgan ishlar ko‘p o‘tmay yopilgan.

Mavzuga oid