Jahon | 09:59 / 21.05.2018
16437
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton «ruslarning quloqchini» bilan maqtandi

AQSh sobiq davlat kotibi va prezidentlikka sobiq nomzod Hillari Klinton Yyel universiteti bitiruvchilari oldida chiqish qilib, «ruslarning quloqli telpagi»ni ko‘rsatdi. Bu haqda ABC News xabar qilgan.

Shu tariqa, Klinton universitetning bitiruv kechasiga noodatiy bosh kiyimlar kiyish an'anasiga qo‘shildi.

«Men sizlar an'anaga amal qilishingizni ko‘rmoqdaman. Shuning uchun telpak olib keldim. Ruslarning telpagini», - dedi Klinton. U tribunalar ortidan qizil yulduz tasvirlangan quloqchinni olib, barchaga ko‘rsatgan. 

Tomoshabinlar Klintonning bu xatti-harakatini hayqiriqlar va qarsaklar bilan qarshi olishdi.

«Agarda sizlar ulardan o‘tib keta olmasangiz, unda ularga qo‘shiling», - deya xulosa qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Klinton Eron bo‘yicha qarorni tanqid ostiga olgandi

 

Mavzuga oid