Rus tili instituti o‘zbek migrantlari uchun masofaviy imtihon tizimini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti Rossiyaga ishlash uchun kelishni istagan chet elliklar uchun masofaviy til imtihonini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Tizim hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda, ehtimoliy migrantlar birinchi rasmiy testlarni o‘z mamlakatlarida kuzda topshirishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda TASS institut prorektori Mixail Osadchiyga asosan xabar bermoqda.
«Rossiyada birinchi marta xorijiy fuqarolar uchun majburiy imtihonni masofadan qabul qilib oladigan shunday tizimni yaratdik. Hozirgi kunda ushbu tizim ishga tushirilib, faol tatbiq etilmoqda. Ma'no nuqtai nazaridan imtihon avvalgidek qoladi, faqatgina tashkilot o‘zgaradi. Chet ellik sheriklarimizni kabinetni qanday tashkil qilish, qanday uskunalar bo‘lishi kerakligiga o‘rgatmoqdamiz. Bu yerda mashina tekshiradi, shu sababdan hammasi juda shaffof tizim. O‘ylaymanki, kuzdan boshlab biz ushbu tizimni faol ravishda ishlata boshlaymiz», - deya ta'kidladi Osadchiy.
Prorektorning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizimning asosiy afzalligi shundaki, mehnat migrantlari hali mamlakatga kelmasidan oldin tilni bilish bo‘yicha majburiy imtihondan o‘tkaziladi.
«Tizimni tatbiq etishni MDH mamlakatlaridan boshlaymiz, chunki ular bizni muhojirlar oqimi bilan ta'minlaydigan asosiy davlatlar, ikkinchi sabab - biz MDH davlatlari bilan juda yaqin aloqalardamiz, hamkorlar ko‘p», - deydi Osadchiy.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024