Sport | 22:51 / 22.05.2018
10612
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Nazarboyevni jahon chempionatining ochilish marosimiga taklif etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot chog‘ida Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevni Moskvada 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.

«Davlat rahbarlarining suhbati chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Rossiya rahbari Nursulton Nazarboyevni 2018 yilgi jahon chempionatining Moskvada o‘tkaziladigan ochilish marosimida ishtirok etishga taklif qildi», deyilgan xabarda.

Jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lgan muddatda Rossiyaning 11 shahrida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid