Jahon | 21:59 / 22.05.2018
12386
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida yo‘lovchi samolyotining favqulodda qo‘nishi oqibatida 53 kishi jarohat oldi

Foto: SM News

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Saudi Arabian Airlines kompaniyasi yo‘lovchi samolyotidan odamlarni evakuatsiya qilish davomida kamida 53 kishi jarohat olgan. Bu haqda Saudiya matbuot agentligini ma'lum qildi

Madinadan Daqqaga uchayotgan samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin shassisi ishlamay qolgani sababli favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. Yo‘lovchilar samolyotni avariyaviy trap orqali tark etishgan. Ma'lum qilinishicha, evakuatsiya vaqtida 52 kishi kichik jarohatlar olgan, bir ayolning esa bir nechta joyi singan. 

Samolyotda 141 yo‘lovchi va ekipajning 10 nafar a'zosi bo‘lgan.

Mavzuga oid