Fan-texnika | 00:15 / 23.05.2018
6850
2 daqiqa o‘qiladi

Sony 600 dollarlik «tugamas yondaftar» uchun dastlabki buyurtmani ochdi

 

E-ink ekranli planshet hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashtirilgan, uning komplektida yozuv uchun stilus ham bor, deb yozadi vc.ru.

Foto: 10,3 dyuymli ekranga ega Sony DPT-CP1 A5 formatidagi qog‘oz kattaligicha keladi

Sony elektron kitoblar singari e-ink ekranga ega bo‘lgan o‘zining Digital Paper planshetining mini-versiyasi uchun dastlabki buyurtmalarni qabul qila boshladi... 21 maydan boshlab, AQShda qurilmani 600 dollar evaziga dastlabki buyurtma   qilish mumkin.

Ekrani 10,3 dyuym bo‘lgan, zichligi 1404 ga 1872 nuqtali DPT-CP1 ekranli planshet, asosan, PDF formatidagi fayllar va hujjatlar bilan ishlashga, shuningdek, elektron kitoblarni o‘qishga mo‘ljallangan. Uning komplektida matn bilan ishlash uchun stilus ham qo‘shimcha qilingan.

DPT-CP1’ning ichki xotirasi — 16 Gb, uning 11 gigasini foydalanuvchi ishlata oladi. Tezkor xotira hajmi — 2 Gb. Planshet Wi-Fi va Bluetooth modullari bilan jihozlangan. Sony’dagilarning ta'kidlashlaricha, bir marta quvvatlantirish bilan planshetni bir oy ishlatish mumkin.

Foto: CP1 va 2017 yilda sotuvga chiqarilgan 13,3 dyuym ekranga ega, 700 dollarlik RP1 katta versiyasi

Yangi planshet bilan bir qatorda Sony hujjatlar va qaydlarni kompyuter ishtirokisiz smartfon bilan almashish ilovasini chiqarganini ham ma'lum qildi. Servis Android va iOS qurilmalari uchun 2018 yilning iyunidan ishga tushadi.

Kompaniya, shuningdek, planshetdagi tasvirni proyektor orqali tasvirlash imkoniyatini ham taqdim etmoqda, biroq bunga uni faqat kompyuterga ulab erishish mumkin.

Yangi planshet boshqa davlatlarda qachon sotuvga chiqarilishi haqida Sony’dagilar hech bir ma'lumot berishmagan.

Mavzuga oid