Abdulaziz Komilov Pamela Spratlen bilan muzokaralar o‘tkazdi
2018 yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda 2018 yilning 15-17 may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi hamda oliy va boshqa darajalardagi O‘zbekiston - AQSh muzokaralari natijalari yuzasidan fikr almashildi va erishilgan kelishuvlarni tatbiq etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Amnesty International delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024