YeXHT maxsus vakili zamonaviy qullik qurbonlari sonini aytdi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkilotning (YeXHT) odam savdosi bilan kurash bo‘yicha maxsus vakili Madina Jarbo‘sinovaning «Izvestiya»ga bergan intervyusida aytishicha, 25 mln inson zamonaviy qullik qurboni sanaladi.
«Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda butun dunyo bo‘ylab taxminan 25 mln kishi zamonaviy qullik qurboni sanaladi. Ulardan taxminan 64 foizi majburan mehnat qildiriladi, 19 foizi – jinsiy, qolgani – qullikning boshqa shakllari», - deya aytib o‘tdi Jarbo‘sinova.
Uning ta'kidlashicha, qullikka aksariyat holatlarda ayollar va qizlar tushib qoladi – ularning miqdori, BMT ma'lumotlariga ko‘ra, taxminan 71 foiz. Shuningdek, maxsus vakil qullikdan jabr ko‘rgan bolalar soni ortib borayotganini aytib o‘tdi.
Jarbo‘sinovaning fikricha, bironta mamlakat hukumati qullik muammosini butunlay yo‘q qilgani haqida ma'lum qila olmaydi.
Mavzuga oid
23:46 / 02.12.2024
Keyingi 30 yil ichida millionlab insonlar «zamonaviy qullik» sharoitiga tushib qolishi mumkinligi aytildi
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024