Arturo Vidal qamalishi mumkin
Myunxenning «Bavariya» klubi va Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Myunxendagi klubga tashrif buyurganlardan biri bilan mojaroga borib, ko‘ngilsiz voqeaga aralashib qoldi. Futbolchi qamalishi ham mumkin.
4-4-2.com portalining Bild nashriga asosan xabar berishicha, Vidal o‘z ukasi Sandrino bilan 2017 yilning 17 sentabr kuni shahardagi tungi klublardan birida dam olayotganida, bir guruh shaxslar bilan mojaroga borib, mushtlashuv uyushtirgan, oqibatda bir kishi jarohat olgan.
Ta'kidlanishicha, jarohat olgan shaxsning boshiga butilka bilan zarba berilgan, shundan so‘ng u politsiyaga Vidalning ustidan ariza bilan murojaat qildi. O‘yinchi olti oydan to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga qamalishi mumkin.
Shu bilan birga, tungi klub egasi Oliver Rayfning ko‘rsatma berishicha, jabrlanuvchining boshiga chililik futbolchi emas, balki boshqa shaxs butilka bilan urgan.
Mavzuga oid
10:10 / 11.12.2024
Mbappe gol urdi va jarohat oldi, ammo «Real» bir amalladi. YeChLda kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
10:40 / 17.10.2024