O‘zbekistonda yevro 3 kun ichida 471 so‘mni, dollar esa 22 so‘mni yo‘qotdi
O‘zbekistonda dollar kursi 5 sentabrda erkinlashtirish boshlangandan beri eng past darajada savdo qilinmoqda – 7962 so‘m. Bundan O‘zbekiston Respublika valyuta birjasining ma'lumotlari darak beryapti.
So‘m 2018 yil fevralidan boshlab faol mustahkamlanib bordi – bunga qadar u bir dollarga 8190 so‘mgacha arzonlashib ketgandi. Fevral oyi o‘rtalaridan boshlab milliy valyuta qiymati qatorasiga 12 hafta ko‘tarilib bordi.
21 may kuni Amerika valyutasi MB kursi bo‘yicha ilk bor 8000 so‘mdan pastga tushdi, bu valyuta erkinlashtirilishi boshlanganidan beri minimumga aylandi.
Yevro undan ham tez «qulamoqda» - uch kun ichida savdolari O‘zbekistonda birinchi marta may oyi boshida start olgan valyuta 471 so‘mni yo‘qotdi hamda 9498 so‘mlik ko‘rsatkichga yetdi, bu haqda minimum sanaladi.
Markaziy bankning xabaridan ma'lum bo‘ldiki, idora almashinuv kursiga ta'sir qiluvchi yangi tadbirlar strategiyasini birjada qo‘llaydi. Shu sababdan so‘m har hafta ham birjada, ham idora kursi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar 7996 so‘mgacha tushib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:12 / 23.12.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 900 so‘mdan oshdi
09:49 / 17.12.2024
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – prognozlar
07:35 / 16.12.2024
Birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi to‘rt barobar oshirildi
16:39 / 15.12.2024