Jahon | 07:32 / 26.05.2018
7135
1 daqiqa o‘qiladi
Meksikaga «Alberto» po‘rtanasi yaqinlashyapti
«Alberto» subtropik po‘rtanasi Karib dengizi shimoli-g‘arbiy qismi bo‘ylab Kuba va Meksika tomonga qarab harakatlanmoqda. Bu haqda AQShning Dovullarni kuzatib borish bo‘yicha milliy markazi xabar bergan.
Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, Yukatan yarim oroli, Kuba g‘arbi, AQShning Florida shtati va Meksika ko‘rfazi shimoli-sharqiy qirg‘og‘ida kuchli yomg‘irlar kuzatiladi.
Po‘rtananing harakatlanish tezligi soatiga taxminan 64 kilometrni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
00:47 / 21.12.2024
Meksikada har bir xodim ish joyida stulga ega bo‘lishini kafolatlovchi qonun qabul qilindi
17:50 / 20.12.2024
Meksikadagi qamoqxonada qurolli isyon yuz berdi
22:26 / 10.12.2024
Tramp Meksika va Kanadaga AQSh shtatlariga aylanishni taklif qildi
20:40 / 02.12.2024