Jahon | 11:25 / 28.05.2018
23296
2 daqiqa o‘qiladi

Yuliya Skripal haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Viktoriya Skripal/Foto: REUTERS

Britaniyada o‘z otasi, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal bilan birga zaharlangan Yuliya Skripal hodisadan avval farzand ko‘rishga tayyorlanayotgan bo‘lgan. Bu haqda uning qarindoshi Viktoriya kp.ru’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«U uyida ta'mirlash ishlarini bajarayotgandi. Bitta xonani bo‘lajak farzandga ajratishni rejalashtirgan. Ikkinchisi - yotoqxona. Oshxona va boshqa xonalar ta'mirdan chiqarib bo‘lingandi. U barchasiga o‘z cho‘ntagidan pul to‘lagan», - deya aytib o‘tdi Viktoriya Skripal.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yuliya Britaniyaga uchib kelishdan avval ayol-prorabga qo‘ng‘iroq qilgan va ish uchun navbatdagi haqni yetkazib berishga ulgurmayotganini aytgan. U kalitlarni Stepan ismli yigitdan berib yuborishini bildirgan.

Viktoriya Skripalning qo‘shimcha qilishicha, Stepan zaharlanishdan so‘ng, 6 mart kuni, prorabning yoniga kelgan va uy kalitlarini bergan. U go‘yoki shunday degan: «Sen meni tanimaysan, sen meni ko‘rmagansan!».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Britaniya Skripallarni majburan ushlab turgani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid