Sport | 13:26 / 29.05.2018
11052
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ochiq chempionatida o‘zbekistonlik qo‘l jangi ustalari 11 medalni qo‘lga kiritishdi

Belarus davlatining Minsk shahrida qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Yevropa ochiq chempionati nihoyasiga yetdi. Mazkur nufuzli musobaqada 26 mamlakatdan jami 200 nafar qo‘l jangi ustasi bahs olib borishdi. Bu haqda O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.  

Foto: O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari jami 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medaliga ega bo‘lishdi.  60 kg.da Shahboz Tursunov, 65 kg.da Olimjon Normurodov oltin, 45 kg.da Zarina Olimjonova, 75 kg.da Madina Ergasheva, 75 kg.da Jahongir Jumayev kumush, 55 kg.da Otabek Bobojonov, 70 kg.da Muhiddin Mamajonov, 50 kg.da Guljahon Normatova, 55 kg.da Maftuna Quvondiqova, 70 kg.da Shahnoza Nizomova, 75 kg.da Robiya Qo‘chqorova bronza medallariga ega bo‘lishdi.

Foto: O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekistonlik sportchilar 30 may tongida yurtimizga qaytib kelishadi. Ma'lumot o‘rnida: endi vakillarimiz kuz oylarida Gollandiyada o‘tadigan Jahon birinchiligiga va Kipr mezbonlik qiladigan Jahon kubogi bahslariga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Mavzuga oid