O‘zbekiston | 00:26 / 29.05.2018
46400
2 daqiqa o‘qiladi

Sel xavfini bartaraf etishda halok bo‘lgan DXX xodimi «Jasorat» medali​ bilan mukofotlandi

Harbiy burchini ado etish hamda tabiiy ofatda odamlar hayotini saqlab qolish maqsadida, o‘z hayotini xavfga qo‘ygan Shohruxbek ​O‘razoliyev Norjigit o‘g‘li​ vafotidan so‘ng  «Jasorat» medali bilan mukofotlandi​. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiylarini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmon​ida shunday deyiladi, deb yozmoqda "Xalq so‘zi".

Ma'lum qilinishicha, Shohruxbek​ O‘razoliyev ​(vafotidan keyin) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara posti boshlig‘ining o‘rinbosari​ Bobirjon​ Muxidinov  «Jasorat» medali bilan mukofotlanishdi. Shohruxbek​ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mutaxassis-granatomyotchisi edi. 

"O‘g‘lim o‘z qasamyodini buzmasdan, o‘z jonini Vatan uchun fido qildi. Shunday o‘g‘lim borligidan faxrlanaman", deb intervyu bergan marhumning otasi.

Eslatib o‘tamiz, may oyining ikkinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab boshlangan sel xavfidan himoyalanish uchun barcha mutasaddi vakillar, jumladan Shohruhbek​ ham qaynoq hududdagi ishlarga jalb etilgandi. U sel xavfini bartaraf etishda halok bo‘lgan.

Mavzuga oid