Jahon | 08:23 / 29.05.2018
7137
1 daqiqa o‘qiladi

Solsberidagi shifokorlar Skripallar tirik qolishiga ishonishmagan

Foto: BEN STANSALL /AFP

Britaniyaning Solsberidagi shifoxona shifokorlari Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishdan so‘ng omon qolishiga ishonishmagan. Bu haqda Telegraph «Bi-bi-si»ning hali efirga chiqmagan Newsnight dasturiga tayangan holda xabar berdi.

Intensiv terapiya shifokori Stiv Juksning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda hammasi Skripallarni qutqarishning iloji yo‘q ekanidan darak bergan.

«Biz bu asab-falajlovchi modda ekanini bilgach, ularni saqlab qolishning iloji bo‘lmaydi, deb o‘yladik. Biz qo‘limizdan kelgan barcha narsani qildik», - deya aytib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yuliya Skripal haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.

Mavzuga oid