Jamiyat | 18:43 / 30.05.2018
22199
1 daqiqa o‘qiladi

Hamkasblar o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakunlandi

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 29 may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi D.B. ish joyida o‘zaro janjal oqibatida hamkasbi, Uchquduq tumanida yashagan B.B.ning boshiga temir jism bilan jarohat yetkazib voqea joyidan yashiringan. 

Natijada B.B. voqea joyida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida D.B. ushlangan.

Mavzuga oid