Rossiya O‘zbekistonda AESni qaysi viloyatda qurishi ma'lum bo‘ldi
Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda atom elektrostansiyasini qurish masalasi muhokama markaziga aylangani haqida ma'lum qildi. Kun.uz muxbiri shu haqida xabar bermoqda.
Lixachyovning so‘zlariga ko‘ra, AES 2ta blokdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, hukumatlararo kelishuv, shartnoma, bu obektni foydalanishga topshirish muddatlari, kadrlar tayyorlash masalasi ham ko‘rib chiqilgan.
“O‘zbekiston hozirda tadqiqot reaktori ishini qayta yangilamoqda. Biroq, zamonaviy yadroviy texnologiyalar va katta quvvatdagi stansiyadan foydalanish ko‘plab mutaxassislar hamda qator sohalarning rivojini talab etadi. Bunda, ehtimol, 10 mingga yaqin malakali xodimlar kerak bo‘ladi. Stantsiyadan foydalanishning o‘ziga 1500-1600 ishchi zarur. Ular kerakli tayyorgarlikdan o‘tishi lozim. Prezident bizga mutaxassislarni imkon qadar Rossiyada tayyorlash vazifasini qo‘ydi. Shuningdek, bu yerda barcha kerakli sharoitlar yaratilishi lozimligi tilga olindi. Bugun O‘zbekistonda MIFI (Rossiya milliy yadro tadqiqot instituti - tah.) filialini ochish, “Rosatom” akademiyasida mutaxassislarni tayyorlash masalasi ham muhokama qilindi.
O‘zbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurishni taklif qildi. O‘zbekiston prezidenti va bosh vaziri bizga Navoiy viloyatidagi maydoncha haqida ma'lum qilishdi. Yaqin kunlar ichida u yerga yo‘l olib, ma'lumot yig‘ishni boshlaymiz. Loyihaga yondashuvlar muhokama qilindi”, - dedi Lixachyov.
Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasini amalga oshirish uchun tegishli davlat organi tashkil etilishi lozim, u respublikadagi atom sohasini tartibga soladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev «Rosatom» bosh direktorini qabul qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:47
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34