Jamiyat | 21:24 / 31.05.2018
6892
2 daqiqa o‘qiladi

“Mahalla posboni” va kotiblari ham birinchi yordam ko‘rsatishi mumkin

Namangan shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining posbon va kotiblari birinchi yordam ko‘rsatish asoslari bo‘yicha o‘qitildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘quv kursi dasturiga ko‘ra, tinglovchilarga O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati maqsad va vazifalari, anatomiya va fiziologiya asoslari, nafas yo‘llarining siqilishi, nafas olishning buzilishi va to‘xtab qolishi, yurak xuruji, yurakning to‘xtab qolishi, jarohatlar va kuyish, tayanch harakati apparati jarohatlari, bosh-umurtqa jarohatlari, yo‘l-transport hodisalari, hushdan ketishga olib keladigan kasallik va holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish tartib-qoidalari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

"Yuqoridagi mavzularning har biri bo‘yicha nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlandi", deyiladi xabarda. 

O‘zbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, beg‘araz donorlikni rivojlantirish bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi. ​

Mavzuga oid