Jamiyat | 18:04 / 31.05.2018
8183
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar prokurori ko‘zi ojizlar maktab-internati muammolarini o‘rgandi

Toshkent shahar prokurori Yashnobod tumanidagi ko‘zi ojizlar maktab-internatida ko‘zi ojiz bolalarning salomatliklarini tiklashi,  bilim olishi va yashashi uchun sharoitlar yaratilganini, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinish ahvolini shaxsan o‘rgandi.

Shundan so‘ng, internat o‘qituvchilari bilan alohida ochiq muloqot tarzida yig‘ilish o‘tkazib, internat faoliyatida yig‘ilib qolgan muammolar xususida ularning dardini tingladi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati

O‘rganish natijasiga ko‘ra, tegishli mutasaddi idoralar rahbarlariga belgilangan muddatlarda aniqlangan muammolarni hal etish haqida topshiriqlar berdi.

Maktab-internati oshxonasi, yotoqxonasi va hojatxonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinmagani, ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yib, vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani hamda internat xodimlari va o‘quvchilari tomonidan tushgan ko‘plab e'tirozlarni inobatga olib, maktab-internati direktori M.Maqsudov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati

Mavzuga oid